Ðàáîòîäàòåëÿì
Hurmatli ish beruvchilar! Karera+ information reklama gazetasining vertual talqiniga xush kelibsiz. Mazkur sayt gazeta o’quvchilari sonini kengaytirish va shu bilan birga sizga salohiyatli yangi kadrlarni taqdim etishni maqsad qilib ochildi.
Bizning sizga ko’rsatadigan navbatdagi xizmatlarimiz orqali , eng effiktiv tarzda yo’nalish berish va qisqa muddat ichida Sizning kompaniyangizdagi bo’sh vakansiyani yopishga, kerakli mutaxassisga erishishingiz mumkin.
- Vakansiya haqida matn e’lonlarini chop etish
- Gazetada reklama chop etish va aynan shu haqidagi vakansiya matnini saytda joylashtirish
- Saytning bosh sahifasidagi TOP-vakansiyalar bo’limiga joylashtirish
- • Sizning kompaniyangizning virtual vakolatxonasini bizning saytda ochish.
Vakansiya haqida matn e’loni
Karera+ information reklama gazetasining virtual talqini sizning vakansiya haqidagi matnli e’lonlaringizni gazetaning bosma va online bo’limlarida joylashtirish uchun qulay imkoniyatdir. Buning uchun siz pastda ko’rsatib o’tilgan formani to’ldirib jo’natishingiz, taqdim etilgan ma’lumotni qabul qilib olganligi haqida bizning xodim bilan telefon orqali bog’lanishingiz mumkin.
Gazetadagi modul reklama
Gazetada modul reklamani joylashtirish o’z e’loningizni ommalashtirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Chunki u rangli suratlar va matnlar bilan bezatiladi, bu esa quruq matdan keskin farq qiladi.
Quyida keltirib Karera+ gazetasiga modul reklamalarni joylashtirish bo’yicha asosiy tariflar keltirib o’tildi. Biz talab etiladigan joy(maydon) va nashr etishning soniga qarab chegirmalar berishdan mamnunmiz. Bizning reklama bo’limimiz bilan bog’laning va mutaxassislar bilan modulning optimal formati haqida maslahatlashib ko’ring, ular sizga joylashtirish va nashr etish miqdri haqida ma’lumot berishadi.
Siz xodimni izlaypsiz, salohiyatli kadr esa Sizni!
Matnli e’lonlarda gazetada va uning online talqinida chop etish orqali siz xodim yollashga ketadigan vaqt va harajatni tejab qolasiz. Bizning gazeta butun Respublika bo’yicha tarqaladi va uni Matbuot shahobchalarining har biridan topishingiz mumkin. Uning online talqini yordamida esa Internetdan foydalanuvchilarni va tezlik bilan ish izlayotganlarni inobatga olsak, o’quvchilar doirasi kengayotganini qayd etish mumkin.
Vakansiya haqidagi matn e’lonini gazetada yoki saytda joylashtirish uchun, quyidagi formani to’ldiring.

