Maqola
Har narsaga ulgirish uchun qanday ishlash lozim?
12 soatlab ishlasam ham baribir ulgira olmaypman. Siz hamkasblaringiz, rahbariyatingiz yoki qo'l ostingizlardan shunday gapni eshitganmisiz? O'zingiz shunday vaziyatga duch kelganmisiz? Buning sababi nima va har narsaga ulgirish uchun qanday yo'llarni tutish lozim?
O'zim qilgan ishni, o'zim tushunmayman.
Ko'pincha inson o'z ishini to'g'ri tashkilashtira olmaydi. U reja bilan ishlash o'rniga, barchasini birdaniga amalga oshirishni hohlaydi. Qoidaga ko'ra u komputerda ishlash boshlayotganida bir yo'la 9 ta sahifani ochadi.
Agarda ofisda ICQ dan foydalanishga ruxsat berilgan bo'lsa u holda har daqiqada ish stolida(DESKTOPda) 5-10 ta sahifa paydo bo'ladi. Bunday vaziyatda inson ishi ko'pligiga o'zini ishontirib qoyadi va shu bilan o'zini qiynay boshlaydi. Bunday insonlarning asosiy xatosi o'z vakolatini baham ko'ra bilmaslik va rejalashniu bilmaslik.
Xodim bu vazifalarni faqat o'zi qila olishiga qat'iy ishonadi. U o'z ishini birov bajarishidan yoki faqat o'zigagina tegishli bo'lgan bilim boshqaga o'tib ketishaadi qo'rqadi. Ammo aslida uning ishida hech qanday maxfiylik bo'lmaydi. Shunchaki ma'lum bir xodimdan boshqa hech kim muammo bilan shug'ullanmaydi, Yoki u siz mazkur masala ochiqligicha qoladi. Masalan, ombor mudiri o'z vakolatini baham ko'rishni istamaydi. Chunki, agarda hamma uning ishini bilsa, u holda uning nima keragi bor deb hisoblaydi. Natijada bosh direktor yoki biznes sohibi o'zini asirdek his qiladi. Sababi ushbu tizimda biron bir kishi bo'lmasa, masalan ombor mudiri bo'lmasa o'zini nogirondek his qiladi. Ammo bunday yondoshuv foydadan ko'ra ko'proq zarar beradi.
Biron narsa abadiy yasharib bo'lmaydi. Agar shunday qilinsa ham bu kar'eraga ijobiy ta'sir o'tkazmasligi aniq. O'zingni biron bir kompaniya uchun tengi yo'q deb hisoblashiga ishontirishing mumkin, ammo bugungi bozor sharoitiga buni farqi yo'q. Aynan o'sha omborxona mudiri boshqa ishga o'tsa shunday deyishi mumkin: "Men barcha narsa qaerda ekanini bilar edim, shuning uchun boshqa hech mening ishimni bajara olmaydi".
Bunga javoban rahbar shunday deydi "Demak, sizda barchasi ko'ngildagidek bo'lmagan, bizga hamma bilan ochiq ishlaydigan xodim kerak". Ikkinchi muammo esa maqsadlarni qo'ya bila olmaslik va rejalashtirishdagi no'noqlik. Inson bir vaqtning o'zida ikkita maktub yozishi mumkin va bu bilan o'zini juda ham yuqori tashkilotchilik salohiyatga ega ekaniga o'zini ishontiradi. Ammo ish jarayonida u har ikkisini ham sekinlashtirib qo'yadi.
Yoki rahbar bo'lsa shunday vazifa beradiki, mohiyatini o'zi ham tushunmaydi. Yoki vazifa berib uni nazorat qila olmaydi. Shu asnoda ish yurmaydi, insonlar nima qilishni va undan nima hohlayotganliklarini bila olmay xunob bo'lishadi. Aniq vazifalar, belgilangan vaqtlar, tushunarli maqsadlar- aynan shular yo'qotilgan vaqtning da'vosi hisoblanadi. Taym menejerlik bo'yicha tashkillashtiriladigan seminarlarda qatnashish yaxshi natijalarni olib keladi. Ammo yuqorida qayd etilgan qoidaga amal qilgan holda ham bu muammoni hal qilsa bo'ladi.
Men barchaga kerakman!
O'z ish vaqtini noto'g'ri tashkillashtirish bu hali eng qo'rqinchili nrsa emas. Agarda inson maxsus ravishda o'zini banddek tasvirlasa, yoki o'zi yo'q vaqtda ham band bo'lganidek vaziyatni yuzaga keltirsa bu undanda yomondir. Bu insonning o'zini kerakli ekanini his qilishi va boshqalarga ham shuni ko'rsatib qo'yishi kerakligi bilan baholanadi.
Odatda bu u yoki bu komplekslar bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, insonning o'z shaxsiy hayoti bo'lmasa,u qo'l ostidagilarni ko'proq ushlab turib buni "ish jarayoni" deb baholaydi. Bu taxminan shunday ko'rinish hosil qiladi: " Men kechgacha mehnat qilmoqdaman, sizga nima halaqit qilmoqda?" Ish kuni 8 soatdan iborat ekanini uqtirmoqchi bo'lsangiz balopga qolasiz:" Bizga bu kerak va hamma shu erda! Agar yoqmasa boshqa ish joyi izlang! "Boshqacha bo'lishi ham mumkin, ular hamma ham 4-6-7 kishi o'rniga ishlay olmasligini tushutirib o'zlarini tanho deb hisoblashadi.
O'z ishini qoyil qilib uddalayotganlar ham, vaqtida ishdan ketsada o'zini aybdordek his qila boshlaydi. "Men ketyapman, u esa yana 5 soat ishlaydi, shunday bo'lishi mumkinmi?" Aslida bunda aybdorlik hisi bo'lishi kerak emas, agar xodim har ishni o'z vaqtida qilayotgan bo'lsa uning ish vaqtidan keyin qolishi mantiqqa tog'ri kelmaydi. Ammo "mehnatsevar"ning ;harakatlari tufayli bo'limda nosog'lom muhit yuzaga keladi: Insonlar o'z vaqtida to'g'ri ish qilishmoqdami? Bu ishlari bilan tashkilotga dog' tushirishmayptimi va hakozo."Mehnatsevarlar" muammo keltirib chiqarishni xush ko'rishadi, ba'zida o'zlariga ammo ko'pincha boshqalar buning jazosini tortishadi.
Ular bergan vazifalarini 150 marta o'zgartirib, qo'l ostidagilarni yana va yana ishlashga majbur qilishadi. Qizig'i bunda hech qanday mantiq yo'qligi o'zlari ham tushunib turishadi. Ular o'zlarining muhim ekanliklarini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lishadi va o'zlaridan katta lavozimda ishlovchi insonlardan tashqari hech kimni tan olgilari kelmaydi. Qo'l ostidagilar ular uchun shunchaki bir tentakdirlar. Ba'zida shunday vaziyatlar ham bo'ladi. "Mehnatsevarlar" berilgan vazifani tekshirayotganlarda yo'q joydan xato topib xodimga qayta ishlashni topshirishadi. Natijada qoyilmaqom qilib bajarilgan vazifa ham bir tiyinga qimmatga aylanadi.
Ular tushunmovchilik yuzaga kelishi uchun, xodimlar o'rtasida adovat uyg'onishidan, jamoada qo'rquv yuzaga kelishidan umidvorlar. "Mehnatsevar"larning harakatlari asabi taranglar va malakasi yo'qlarga tez ta'sir qiladi. Ular Bolta Teashaevichsiz ish bitmaydi degan xulosaga kelishadi. Bolta Teshaevichga esa aynan shu narsa kerak. U butun boshli yuvosh qo'ylarni boshqarishni yxshi ko'radi. O'z mustaqil fikri va malakasiga ega bo'lgan, munosabat bildirgan kishilar esa dushmanga aylanadi. Natijada hamma hujjatlarni Bolta Teshaevichga olib keladi.
Qog'ozlar uyumida qolib ketgan Janob Bolta hech narsaga ulgirmaydi va ish ortga surila boshlaydi. Shundan so'ng Bolta Teshaevich MEN BARCHAGA KERAKMAN shuning uchun ham ulgira olmaypman deb shikoyat qilib ham qo'yadi. Uning ishi juda ko'p, u hammaga ulgirmaydi, ammo u siz biron bir ish bitmaydi. Xodimlar esa g'irt bekorchi bo'lib, Bolta Teshaevich qachon hujjatni ko'rib berishini kutib o'tirishadi. Lekin biling bu bilan siz o'zingizni o'zingiz boshi berk ko'chaga tiqib qo'yasiz.
Tabiiy dangasalik.
Biroq, yuqorida sanab o'tilgan holatlarga oddiygina dangasalik ham to'sqinlik qilishi mumkin. Agarda inson o'ziga o'zi ishlashi lozimligini uqtira olmasa u holda, mazkur shaxs ham hech narsaga ulgira olmayotganlar sirasiga kirib boradi. Buni oddiygina qilib tushuntirish mumkin. Agarda sen qo'yilgan vazifalar ustida ishlamasang u holda tabiyki, hech narsaga vaqtida ulgirmaysan. Buning belgilari quyidagilarda ko'rinadi.
- Birinchi navbatda xodim idoraga kelganida o'z majburiyatidan tashqari bo'lgan nima ish bilan shug'ullanadi. Masalan, u birinchi bo'lib "Odnoklassniki.ru" yoki boshqa ko'ngil ochar sayt yoki dasturlar bilan shug'ullanadi. U o'zi bilgan holda ushbu vositalarga vaqtini ketkazib qo'yadi. Yanada yomoni ularni yopib tashlamay pastga tushirib qoyadi va yonida rahbari bo'lsa ham bemalol o'tiraveradi. Kun davomida esa inson ikkita ishni parallel ravishda bajaradi. ham ishlaydi ham ko'ngilxushlik qiladi.
- Xodim ishga kirishishdan qo'rqadi: "Qaysi ishdan boshlashni" bilmaydi. U ishni nimadan boshlashni bilmay bir qarorga kelgunicha ish to'xtab yota beradi. Bu vaqtda esa o'zi o'ylab turib kompyuter o'yinlaridan foydalanadi.
- Xodim hech narsa gapirmaydi. Ammo vaqti kelib undan hisobot so'ralganda vazifaga tushunmaganini yoki qandaydir sabablar uni bajarishga to'sqinlik qilganini ro'kach qiladi. Unday bo'lsa nega indamading degan savolga ham rahbar aytarli javobni ololmaydi. Shunchaki o'zi hohlamagan va vazifani bajarmagan.
Bunday holatlarda xodimga aniq va puxta vazifalarni topshirish, ularni nazorat qilish va grafikka to'liq amal qilishni talab etish zarur hisoblanadi. Unga og'zaki vazifa berish bilan cheklanmay uni yozma ravishdagi nusxasini ham berish kerak. Shuningdek, aniq bir reja ishlab chiqib vazifani bajarish va vaqtida topshirish haqida ham kelishib olish kerak.
Manba: www.rabota.ru
Tasodifiy vakansiya
| Vakansiya | Kompaniya | |
|---|---|---|
| Web-дизайнер | HRC | Toshkent |
| Dormitory Administrator | HUAWEI | Toshkent |
| Accountant | ZTE Investment | Toshkent |
| Графический дизайнер | Podium Italia | Toshkent |
| Декларант | HRC | Toshkent |
| Управляющий в магазин спортивной одежды | Union Space | Toshkent |
| Продавец-консультант | Podium Italia | Toshkent |
| Project Manager | HUAWEI | Toshkent |
| Торговый представитель | HRC | Toshkent |
| Channel Account Manager | HUAWEI | Toshkent |

